Shimoliy Koreya baravariga o‘q otish reaktiv qurilmasi orqali Yapon dengizi tomonga 100 ga yaqin raketalar bilan hujum qildi. Bu haqda Kiodo agentligiga tayanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.

Foto: itar-tass.com

Foto: itar-tass.com

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, hujum KXDRning sharqiy qirg‘oqlaridan amalga oshirilgan. Barcha raketalar mamlakatning suv hududiga, Janubiy Koreya nazorat zonasidan ajratib turuvchi chegaraga kelib tushdi.

Avval xabar berilganidek, so‘nggi vaqtlarda Shimoliy Koreya Yapon dengiziga qarata bir nechta kichik masofali ballistik raketalarni uchirmoqda. Xususan, 9- va 13-iyul kunlari shunday raketalar bilan hujum uyushtirilgan edi.

KXDR bu hujumlarni AQSh va Janubiy Koreyaning kelasi oy boshlanadigan harbiy mashg‘ulotlariga qarshi turish chorasi sifatida amalga oshirmoqda.

Mashg‘ulotlar olib borish uchun 11-iyul kuni Koreya Respublikasining Pusan portiga “Jorj Vashington” nomli atom avianosetsi (samolyotlar uchishi va qo‘nishiga mo‘ljallangan harbiy kema) kirib keldi.