O‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova Tailandning Bangkok shahrida yakuniga yetgan ITF toifasiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi o‘n ming AQSh dollaridan iborat turnirning vitse-chempioniga aylandi, deb yozadi “Olamsport”.
Turnirda to‘rtinchi raqam ostida harakat qilgan Sabina hal qiluvchi final bahsida xitoylik Yafan Vong bilan hisob-kitob qildi.
Musobaqada uchinchi raqam ostida tasniflangan xitoylik tennischi yakunda 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, bosh mukofot sohibasiga aylandi.
Ta’kidlash joiz, Vong dunyo reytingida 379-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Sharipova 394-pog‘onadan joy olgan.
Izoh (0)