Hindistonning Nyu-Dehli shahridagi besh yulduzli mehmonxona xodimi 300 ming dollardan qimmat turuvchi Lamborghini Gallardo avtomobilini betonga borib urdi. Bu haqda RT telekanali xabar berdi.
Mahalliy OAVlarida avtomobil mumbaylik tadbirkorga tegishli ekani aytilmoqda.
Kuzatuv kameralaridan aniqlanishicha, tadbirkor mehmonxonaning mashinalarni joylashtiruvchi xodimiga avtomobilni to‘xtash joyiga olib borishi uchun kalitni bergan.
Sport avtomobili to‘satdan katta tezlikda qo‘zg‘algan. Atrofdagilarga zarar yetkazmaslik uchun mashinani chetga olgan haydovchi avval hovlidagi bir mashinaga, so‘ng betonga borib urilgan.
Hodisa sodir bo‘lgan Le Meridien mehmonxonasi axborot kotibasining aytishicha, avtomobillarni to‘xtash joyiga olib boruvchi xodim bu yerda 10 yildan buyon ishlaydi. U qattiq yomg‘irdan so‘ng sirpanchiq bo‘lib qolgan yo‘lda boshqaruvni qo‘ldan chiqargan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)