Ko‘pgina kichik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Apple nomidan beruxsat foydalanishi hech kimga sir emas. Mobinfo.uz sayti xodimlari ham Toshkentdagi bir korxona tomonidan iPhone 5 nomi ostida ishlab chiqarilayotgan muzaqaymoqqa duch kelishgani haqida xabar berdi.
Korxona xodimining ta’kidlashicha, iPhone 5 nomi ostida muzqaymoq ishlab chiqarish uchun ruxsat va patent olingan. Shuningdek, korxona xodimi buning uchun Apple’ga pul to‘lab turilishini ham qo‘shimcha qilgan.
Mobinfo.uz sayti xodimlarining bu mavzu yuzasidan Apple’ga yo‘llagan so‘rovlariga hali javob berilmagan.
Izoh (0)