Tailandning Bangkok shahrida tennis bo‘yicha o‘tkazilayotgan Singha-BEC TERO Women Circuit xalqaro turniri hal qiluvchi pallaga kirgan. Turnirda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova odimlashda davom etmoqda, deb yozadi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Chorak finalda yaponiyalik Kanaye Xisamiga qarshi kortga chiqqan tennischi 6-4, 6-2 hisobida zafar quchdi va yarim finalga yo‘l oldi.
Ushbu bosqichda Sabina Sharipova tailandlik Varatchaya Vongteanchai bilan bahs yuritadi.
Izoh (0)