AQShning Texas shtati Hyuston shahrida to‘rt nafar bolani otib o‘ldirgan shaxs ularning otasi bo‘lmagan. Miami Herald internet nashrining xabar berishicha, Xaskel ismli jinoyatchi bolalar bilan birga, ularning ota-onasini ham o‘ldirgan. U o‘zi otib tashlagan ayolning sobiq kuyovi bo‘lib, u oila a’zolaridan uning sobiq rafiqasi qayerda ekanligini aytishni talab qilgan. Jinoyatchi aslida besh nafar bola hamda sobiq rafiqasining opasi va o‘z bojasiga o‘q uzgan bo‘lib, oiladagi bosh farzand — 15 yoshli qiz tirik qolgan.
ABC News axborot agentligining yozishicha, tirik qolgan farzand boshidan shikastlangani zahotiyoq o‘zini o‘lganga soladi va jinoyatchi uyni tark etgach, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, hodisani yetkazadi. U jinoyatchi buvasi hamda buvisini o‘ldirgani ketayotganini aytadi.
9-iyun, chorshanba kuni jinoyatchi politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, sobiq rafiqasining opasi va oila a’zolarini o‘ldirganlikda ayblandi.
Ma’lumot uchun, avvalroq, ushbu jinoyatchi mahalliy politsiya uchastkasi tomonidan o‘zi o‘ldirgan bolalarning otasi deb topilgan edi.
Izoh (0)