Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyada 2013/14 mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi va Alfredo Di Stefano mukofotini qo‘lga kiritdi, deya xabar beradi Stadion.uz.
Portugaliyalik futbolchi raqiblarini ortda qoldirib 35 ta ovoz olgan. Ikkinchi o‘rinni esa “ATletiko” hujumchisi Diyego Kosta egallab, u 16 ovoz olgan. Lionel Messi bo‘lsa yettita ovoz to‘plagan.
Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘tgan mavsumda “Real” safida Ispaniya kubogi va Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan edi.
Izoh (0)