Hatto hayvonlar ham insonlar tomonidan sodir etilayotgan xavf-xatarni sezadilar. Isroilning Tel-Aviv shahridagi hayvonot bog‘ida yashovchi fillar, havodan bomba uchirilayotgani haqida ogohlantiruvchi signalni eshitishi bilanoq qayerga qochishni bilmay, yosh bolachalarini himoya qilishga o‘tdi, deya xabar beradi Daily News.
Hayvonot bog‘i xodimi Sagit Xorovits 9-iyul, chorshanba kuni ertalab sodir bo’lgan hodisani tasvirga olishga ulgurgan.
Videoda to‘rtta katta fil qo‘rquv ostida chinqirib, ikki nafar filchani himoya qilayotganini ko‘rish mumkin.
Sagit Xorovitsning aytishicha, tartibsizlik tugagandan so‘ng, fillar o‘zining kundalik sharoitiga qaytgan.
Izoh (0)