Astronomlar fikriga ko‘ra, Avstraliya osmonida kuzatilgan meteor aslida “Soyuz” kemasining atmosferada yonayotgan uchinchi blokidir. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Avstraliya aholisi olovli sharning juda ko‘p rasmlarini Twitter ijtimoiy tarmog‘ida #meteor heshtegi bilan joyladi. Ayrimlar buni qulayotgan samolyot deb o‘ylab, vahima bilan qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qildi.
Olimlar olovli shar atmosfera qatlamlarida yonayotgan “Soyuz 2.1b” eltuvchi raketasining uchinchi pog‘onasi ekanligi haqida xabar berdi. Astronomlar uni “obyekt 40077” deb nomladi.
Eslatib o‘tamiz, aynan shu raketa 8-iyul kuni Toshkent osmonida ko‘ringan va ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.
Izoh (0)