Barak Obama AQShning Denver shahriga qilgan tashrifi davomida qiziq hodisalar ro‘y berdi, deb yozadi Talk Radio News Service.
Avvaliga Obama ot niqobini kiygan fuqaro bilan qo‘l berishib suratga tushgan bo‘lsa, keyinroq Kolorado shtati gubernatori Jon Rayt Xikenluper bilan bilyard o‘ynadi.
Shuningdek, Obamaga Denver shahri barlarining birida marixuana chekib ko‘rish taklif qilindi.
Ushbu hodisa videoga olinib Instagram foydalanuvchisi manton89 tomonidan ijtimoiy tarmoqqa yuklandi.
Videoda: “Undan nasha chekib ko‘rishni so‘ragan edim... u kuldi!” — deya izoh qoldirilgan.
Izoh (0)