Lionel Messi futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi safida o‘tkazgan o‘yinlari soni bo‘yicha boshqa bir afsonaviy argentinalik — Diyego Maradonani ortda qoldirdi, deb yozadi “Kun” MisterChiping tvitteri ma’lumotiga asoslanib.
Gollandiyaga qarshi JCh — 2014 yarim final o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushgan Lionel Messi uchun bu Argentina libosidagi 92-o‘yin bo‘ldi. Maradona esa Argentina terma jamoasi safida 91 uchrashuvda maydonga tushgan.
Xabar berishlaricha, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida maydonga tushgan futbolchilar reytingida oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina va Gollandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda Janubiy Amerika vakillari penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.
Argentina va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi JCh — 2014 final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 14 iyulga o‘tar kechasi 0:00da boshlanadi.
Izoh (0)