O‘zbekistonda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritilgani munosabati bilan “O‘zsanoatqurilishbank” nomini o‘zgartirishga qaror qilindi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.
“Kun”ning qayd etishicha, bu haqdagi qaror 13-iyun kuni bo‘lib o‘tgan bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari majlisida qabul qilingan.
Unga ko‘ra, OATB (ochiq-aksiyadorlik tijorat banki) abbreviaturasidagi “ochiq” so‘zi olib tashlangan.
1-iyuldan boshlab rasman “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat banki — “O‘zsanoatqurilishbank” ATB deb nom oldi.
Izoh (0)