“Real”ning sobiq sardori Raulning aytishicha, JCh — 2014 yarim finalida Anxel Di Mariyaning o‘ynamasligi Argentina hujumchisi Lionel Messi zimmasida bosim kuchayishiga sabab bo‘ladi, deb yozadi Stadion.uz.
“Belgiyaga qarshi o‘yinda Messi vaqti-vaqti bilan hujumchi ortida o‘ynadi. Alessandro Sabelya bu usulni yana qo‘llasa kerak deb o‘ylayman. Bu boshqalarga bo‘sh hududlar yaratadi. Di Mariyaning tezligi va mahorati bu sxemaga juda mos tushar edi. Di Mariyasiz Messiga bosim kuchayadi”, — deydi Raul.
Izoh (0)