Janubiy Afrika Respublikasida erkaklar safiga kiritish milliy marosimi mavsumi boshlanganidan buyon 26 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
JARdagi qadriyatlarga asoslangan jamiyatlar bilan shug‘ullanuvchi vazir o‘rinbosari Obed Bapelaning ma’lum qilishicha, 104 nafar bola suv yetishmaslik, yuqtirilgan kasallik, qorason (gangrena) singari jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
O‘tgan yili erkaklar safiga kiritish marosimi natijasida JARning birgina Mpumalanga provinsiyasida 27 bola halok bo‘lgan edi.
Ushbu marosim, odatda, uch hafta davom etib, unda minglab bolalar turli sinovlardan, masalan, sovuqqa chidamlilik sinovidan o‘tkaziladi.
Izoh (0)