6-iyul kechga kelib, Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi “Islom jihodi” radikal guruhi infratuzilmasiga zarba berdi, deya xabar beradi Euronews. Falastinliklar ma’lumotiga ko‘ra, hujum natijasida ikki kishi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan 1 hafta avval falastinliklar 18 ta raketa bilan Isroilning janubiy hududlariga hujum qilgan edi.
Otishmalar Quddusda Muhammad Abu Hdeyr ismli o‘spirin arab o‘ldirilganidan buyon davom etmoqda. Isroil hukumati o‘spirin yigitni o‘ldirganlikda gumon qilib, olti yahudiyni qo‘lga olgan.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Isroil jamiyatida qotillarga joy yo‘qligi va ular, albatta, qonun oldida javob berishini, aynan shu jihat bilan Isroil o‘zining “qotillar milliy qahramonlardek ulug‘lanadigan” qo‘shnilaridan ajralib turishini aytdi.
Izoh (0)