Xot-dog yeyish bo‘yicha uch karra jahon chempioni AQShlik Sonya Tomas ismli ayol bu safar mag‘lub bo‘ldi. Nyu-Yorkda o‘tkazilgan chempionatda 28-yoshli yaponiyalik Mikki Sudo g‘olib bo‘ldi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar beradi.
U o‘z raqibidan oltita ko‘p xot-dog yedi. 47 yoshli nozik (44,4 kg) amerikalik xonim yosh (56 kg) raqibiga qarshilik ko‘rsata olmadi.
Tomas 27 va 3/4 dona xot-dog yegan bo‘lsa, Sudo 34 tasini paqqos tushirdi.
Ma’lumot uchun, Tomas o‘tgan yilgi musobaqada 45 dona xot-dog yegan.
Izoh (0)