Kanadalik siyosatchi Rob Ford barcha turdagi narkotik moddalarni tatib ko‘rganini tan oldi, biroq ish vaqtida faqat alkogol ichimliklar iste’mol qilishini ta’kidlamoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti” Telegraph nashriga tayanib.
2013-yil Rob Fordning giyohvandligi bilan bog‘liq turli videolavhalar tarqalgan edi. Politsiya tomonidan bu lavhalarning haqiqiyligi isbotlangach, Ford xalqdan uzr so‘ragan. Bunday voqealar tez-tez takrorlanavergach, noyabrda shahar kengashi Fordning bir qancha vakolatlarini bekor qildi.
O‘tgan yilgi aybini “tushunib yetgach”, ikki oylik giyohvand moddalarga qarshi davolanib, ish faoliyatiga qaytgan Toronto meri narkotik modda iste’mol qilmaslikka va’da berdi.
Kanada televideniyesiga berayotgan intervyularida Ford joriy yil oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan shahar meri sayloviga o‘z nomzodini qo‘yishini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)