Statistika yana bir bor argentinalik futbolchi Leo Messi o‘z terma jamoasining o‘yinlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi, deb yozadi Stadion.uz.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi Opta Sports nashrining xabar berishicha Messi o‘tkazilgan to‘rt o‘yinda o‘z jamoadoshlariga 18 ta gol kiritish uchun qulay vaziyatlar yaratib bergan va bu bo‘yicha “Barselona” futbolchisi chempionatdagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etgan.
Shuningdek, AQSh terma jamoasi himoyachisi Jeff Kemeron Belgiya bilan o‘yindan so‘ng hozircha musobaqadagi eng ko‘p zarbalarni qaytargan himoyachi bo‘lib turibdi. U AQSh darvozasiga berilgan 8 zarbani qaytarish muvaffaq bo‘lgan himoyachi sifatida qayd etilgan.
Izoh (0)