Mashhur okeanshunos Jak-Iv Kustoning nevarasi Fabyen Kusto bir oy davom etgan ilmiy tadqiqot vaqtida rekord o‘rnatdi, deb xabar berdi Interfax Guardian nashriga tayanib.
Bobosining dengiz va okean bo‘yicha tadqiqotlarini davom ettirayotgan kichik Kusto ikki suvosti dengizchilari — Mark Xalsbek hamda Rayan Lapit bilan 31 kun davomida Florida-Kis korall orollar arxipelagida ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi.
81 tonnalik “Qovg‘a” deb nomlangan suvosti laboratoriyasi 20 metr chuqurlikda ish olib bordi. U oltita ikki qavatli krovat, kichik oshxona, kompyuter, suvni isitish va havo almashtirish tizimlari bilan jihozlangan.
1963-yil okeanshunos Jak-Iv Kusto “Konshelf—2” stansiyasida 30 kun mobaynida tadqiqot ishlari olib borib, rekord o‘rnatgan edi. “Qovg‘a” missiyasi mazkur rekord natijadan bir kunlik farq bilan o‘zib ketdi.
Fabyen Kusto o‘z rekordi bilan okeanlarni muhofaza qilish masalasiga jamoatchilik e’tiborini qaratmoqchi.
Izoh (0)