BlaBlaCar nomli fransuz startapi 100 million dollar sarmoya jalb qildi. Bu Fransiya tarixidagi eng katta pul to‘play olgan startaplardan biri, deya yozadi The Wall Street jurnaliga tayanib Mashable nashri.
BlaBlaCar loyihasi 2006-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, bir shahardan boshqa shaharga ketayotgan kishilar o‘z avtomobilidagi bo‘sh o‘rinlarni boshqalarga taklif qilishlari va birgalikda ketishlari uchun mo‘ljallangan.
Hozirda loyiha 12 davlatda faoliyat ko‘rsatadi. Bu davlatlarning ko‘pchilik qismi g‘arbiy Yevropada joylashgan. Shuningdek, loyiha Rossiya va Ukrainada ham faoliyat olib bormoqda. BlaBlaCar Turkiya, Braziliya hamda Hindistonda ham o‘z faoliyatini boshlamoqchi.
Xizmat Yevropada juda mashhurdir. Har oy London, Parij va Bryusselni birlashtiruvchi EuroStar tezyurar poyezdidan ko‘ra BlaBlaCar yordamida ko‘proq yo‘lovchi sayohat qiladi, deb yozadi Financial Times
Izoh (0)