Google kompaniyasi rahbari Erik Shmidt AQShning Kubaga nisbatan qo‘llagan sanksiyasi hech qanday foyda keltirmasligi, bu bilan u Kubani terrorizm rivojlanishidan manfaatdor mamlakatlar qatoriga qo‘shib qo‘yayotganligini ta’kidladi. Bu haqda Shmidtning Google+ dagi sahifasiga tayanib, ITAR-TASS xabar berdi.
Shmidt, shuningdek, Kubaga nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, balki yangi texnologiyalar kiritish lozimligini aytib o‘tdi. Bugungi kunda Kuba aholisining 20—25 foizi uy telefonidan foydalanmoqda, mobil aloqa yaxshi rivojlanmagan. 3—4 foiz aholigina kuchli senzura ostida internetdan foydalana olishi mumkin. Biroq bir soat mobaynida internetdan foydalanish uchun 4,5 dollar to‘lash kerak.
Erik Shmidt mazkur embargo AQShga Kuba bozorlaridan osiyolik raqiblarini chiqarib yuborishiga to‘sqinlik qilishi haqida aytib o‘tdi.
Izoh (0)