Rossiya uyali aloqa operatori — MTS OAJ va O‘zbekiston o‘rtasida qo‘shma korxona tuzish haqidagi ta’sis hujjatlari yozning oxiriga qadar imzolanishi rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi “Noviy vek” nashri “RIA Novosti” agentligi xabariga asoslanib.
28-iyun, shanba kuni Toshkent shahrida MTS rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muzokarada MTSning uyali aloqa bozoriga qaytishiga ta’sir ko‘rsatayotgan barcha muammoli masalalar hal etildi, deya ta’kidladi “RIA Novosti”ning manbasi. Qayd etilishicha, iyul oyida qo‘shma korxona tashkil etishga oid hujjatlarni tayyorlash jarayoni boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 27-iyun, juma kuni O‘zbekiston hukumati mahalliy uyali aloqa bozoriga Rossiyaning MTS kompaniyasining qaytishi haqida qaror qabul qildi. Hozircha qo‘shma ko‘rxonada ulushlar taqsimlanishi haqida batafsil ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)