O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turibdi, deb yozadi O‘zA.
Bu yo‘nalishda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Transport kommunikatsiyalarida avtomobillar harakatini kuzatish va nazorat qilishning markazlashtirilgan yagona axborot-kompyuter tizimini yaratish va joriy etishga qaratilgan kompleks dastur” ishlab chiqilgan, deya xabar beradi “Kun”.
O‘zAning qayd etishicha, hozirgi vaqtda ushbu kompleks dasturni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki ishlar boshlangan. Agentlik xabarida ushbu yo‘nalishdagi ishlar ko‘lami, muddatlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar berilmagan.
Avvalroq, Toshkent shahridagi serqatnov chorrahalarga fotoradar va videokameralar o‘rnatilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, mayor O‘ktam Rahmatovning so‘zlariga ko‘ra, chorrahalarga detektor, videokamera, fotoradar, fiksatorlar o‘rnatilayotgani tufayli O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalarining kamayishiga erishilmoqda.
Izoh (0)