Fransiyaning “Ayachcho” futbol klubi ishqibozi jamoaning meksikalik darvozaboni Gilyermo Ochoani saqlab qolish uchun klubga yordam bermoqchi, deya xabar beradi “Kun” ESPN ma’lumotiga tayanib.
Ishqiboz meksikalik darvozabonning “Ayachcho”dagi yangi shartnomasi uchun 10 million yevro topish maqsadida o‘z uyi va oilasini kimoshdi savdosiga qo‘ydi.
Ochoani o‘zining sevimli jamoasida saqlab qolish uchun fransiyalik ishqiboz, xabar berishlaricha, turmush o‘rtog‘i hamda 9 va 14 yoshli farzandlaridan ayrilishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Meksika terma jamoasi safida Braziliyadagi JCh — 2014’da yorqin o‘yin ko‘rsatgan darvozabon Gilyermo Ochoaning “Ayachcho” bilan amaldagi shartnomasi 2014-yilning 1-iyulida yakuniga yetadi.
Izoh (0)