Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov hamyurtimiz Ruslan Chagayevga 6-iyul kuni o‘tkazadigan jangiga tayyorgarlik ko‘rishida yordam bermoqda. Qodirov mashg‘ulotlarda Ruslanga sparing-raqib vazifasini o‘tamoqda. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.
Ruslan Chagayev 6-iyul kuni Grozniy shahridagi “Axmet Arena”da Fres Okendoga qarshi ringga ko‘tariladi. Bo‘lajak jang superog‘ir vazn toifasining WBA muntazam chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi.
Ta’kidlash joiz, Ramzan Qodirov boks bo‘yicha sport ustasi hisoblanadi.
“Men dunyoning eng yaxshi bokschilaridan biri emasdirman, lekin aynan qayerga urishni juda yaxshi bilaman”, — deydi Qodirov.
Izoh (0)