Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Gollandiya hamda Meksika terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda 2:1 hisobi qayd etilib, Gollandiya termasi g‘alaba qozondi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Birinchi bo‘limda darvozalar dahlsiz qolgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 3-daqiqasida Jovani Dos Santos gollandlarning himoya chizig‘ini dog‘da qoldirib, darvozaning past burchagini aniq nishonga oldi – 0:1.
Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalariga qadar Ochoa va uning sheriklari gollandlarning hujumlarini muvaffaqiyatli to‘xtatib keldi. Biroq 88-daqiqaga kelib, burchak zarbasidan so‘ng meksikaliklarning xatosidan unumli foydalangan Ueysli Sneyder darvoza tomon kuchli zarba bilan to‘pni to‘rga joylab qo‘ydi – 1:1.
Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 2-daqiqada Aren Robben o‘z jamoasi uchun penalti ishlab berdi. Zahiradan maydonga tushgan Klass Yan Xuntelar 11 metrlik nuqtadan Ochoani dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuv oxiriga qadar 2:1 hisobi tabloda saqlanib qoldi.
Demak, Gollandiya Meksika ustidan g‘alabaga erishdi hamda 1/4 final bosqichga chiqdi.
JCh–2014. 1/8 final
Gollandiya – Meksika 2:1 (0:0, 2:1)Gollar: 0:1 – 48 dos Santos, 1:1 – 88 Sneyder, 2:1 – 90, penalti Xuntelar.Gollandiya – Silessen, Verxag (Depay, 56), de Vrey, Vlar, Blind, N. de Yong (Martins Indi, 9), Veynaldum, Sneyder, Kyuyt, van Persi (Xuntelar, 76), Robben.Meksika – Ochoa, Maca, Markes, Moreno (Reyes, 46), Agilyar, Salsido, Layyun, Errera, Guardado, dos Santos (Akino, 61), Peralta (X. Ernandes, 75).Ogohlantirishlar: Agilyar (69), Markes (90), Guardado (90).
Izoh (0)