Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida “Duriyotxon” kompaniyasiga tegishli omborxona yonib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Omborxonada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida qayta ta’mirlanayotgan binoning 100 kvadrat metr maydonida tom qismi yongan.
“Kun”ning qayd etishicha, falokatga gaz payvandlash ishlarini olib borish vaqtida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani sabab bo‘lgan.
Hodisa natijasida jabrlanganlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilmagan.
Umuman, IIV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida O‘zbekistonda 300 ga yaqin yong‘in sodir bo‘lib, ular natijasida ikki kishi jarohat olgan.
Izoh (0)