26-iyun, payshanba kuni, “Voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarolarining MDH mamlakatlariga chiqish tartibi” tog‘risidagi xabarda noaniqlik borligi ma’lum bo‘ldi.
18 yoshga yetmagan O‘zbekiston fuqarolarining MDH davlatlariga chiqish tartibi belgilangani haqidagi xabar “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining rasmiy saytidan olingan bo‘lib, saytning rus va o‘zbek tilidagi sahifalarida bir-biriga zid ma’lumot joylangani aniqlandi.
Biz milliy aviakompaniya matbuot xizmatining xodimlari bilan bog‘lanib, ushbu chalkashlikka oydinlik kiritdik. Xabar saytning rus tilidagi sahifasida tog‘ri yozilgan bo‘lib, ushbu tartib 16 yoshga yetmagan O‘zbekiston fuqarolari uchun belgilangan.
Shu sababli “Daryo” nashrida keltirilgan “Voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarolarining MDH mamlakatlariga chiqish tartibi belgilandi” sarlavha ostidagi xabarga o‘zgartirish kiritildi.
Izoh (0)