Belgiya bosh vaziri Elio di Rupo Braziliyada davom etayotgan futbol bo‘yicha JCh—2014 nimchorak finalidan o‘rin olgan AQSh — Belgiya uchrashuvi arafasida Amerika prezidenti Barak Obamaga garov bog‘lashni taklif qildi. Bu haqda “Kun” xabar qildi.
“Hoy, Barak Obama, Belgiya terma jamoasi chorak finalga chiqishi uchun eng yaxshi Belgiya pivosini tikaman! Olg‘a, Belgiya!”, – deb yozgan Belgiya bosh vaziri Twitter’dagi o‘z sahifasida.
Di Rupo — Barak Obamaga pivodan garov bog‘lashni taklif qilgan ilk siyosatchi emas. Sochidagi qishki Olimpiya o‘yinlarida AQSh prezidenti Kanada bosh vaziri Stiven Harper bilan garov o‘ynab, bir quti pivo yutqazib qo‘ygan edi.
Eslatib o‘tamiz, JCh—2014 nimchorak finalidan o‘rin olgan AQSh — Belgiya uchrashuvi 1-iyul kuni (Toshkent vaqti bilan 2-iyulga o‘tar kechasi) o‘tkaziladi.
Izoh (0)