O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining 2014-yilgi Zakot, Fitr sadaqa va Fidya miqdori bo‘yicha qarori chiqdi. Bu haqda muslim.uz xabar berdi.
- O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining milodiy 2014-yil (hijriy 1435-yil) uchun Zakot nisobi 1 gramm tillaning bugungi kundagi bozordagi o‘rtacha narxi 80 000 (sakson ming) so‘m ekanligini e’tiborga olib, 85 gramm tilla hisobidan zakot nisobi 6 800 000 (olti million sakkiz yuz ming) so‘m ekanligi va mazkur summaning qirqdan bir hissasi, ya’ni 170 000 (bir yuz yetmish ming) so‘m zakot chiqarish to‘g‘risidagi xulosasi ma’qullansin;
- Bu yilgi Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kilogramm bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilansin (Masalan Toshkent shahar bozorida 1 kilogramm bug‘doyning narxi o‘rtacha 1000 so‘m bo‘lsa, demak 2 kilogramm bug‘doy narxi 2000 so‘m bo‘ladi);
- Bu yilgi Fidya miqdori bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 12 000 (o‘n ikki ming) so‘m deb belgilansin.
Izoh (0)