Sirdaryoda 10–15 yoshli o‘smirlar o‘rtasida kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, kikboksing federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 250 nafardan ziyod yosh sportchi 20 vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Umumjamoa hisobida Toshkent shahri vakillari birinchi, Andijon viloyati sportchilari ikkinchi, sirdaryoliklar uchinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Izoh (0)