23-iyun, dushanba kuni AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi. Mazkur muloqot davomida Obama Putinni Ukrainada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga chaqirdi. Aks holda, Putin yangi iqtisodiy sanksiyalarga yuz tutishi haqida ogohlantirildi, deya xabar berdi The Washington Times Oq uydan olingan ma’lumotga asoslanib.
Ushbu muloqotdan asosiy maqsad Ukrainaning sharqiy qismidagi rossiyaparast ayirmachilar ustidan prezident Putinning “shaxsan ta’siri”ni ko‘rish hamda mintaqadagi zo‘ravonlik va beqarorlikni to‘xtatish bo‘ldi.
Oq uy yangi prezident Pyotr Poroshenkoning Ukrainada tinchlik o‘rnatish harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
“Prezident Poroshenko mamlakatdagi vaziyatni hal qilish, tinchlik va xavfsizlikni qayta ta’minlash uchun jon-jahdi bilan kirishgani ko‘rinib turibdi, — dedi Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest, — Buni amalga oshirish uchun esa bizga prezident Putin bilan hamkorlik kerak bo‘ladi”.
Izoh (0)