“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya davlati g‘aznasiga 32,9 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. 2,7 million yevroni hujumchi soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagani uchun jarima sifatida to‘laydi, deya xabar berdi Uff.uz Sport-express.ru ma’lumotiga asoslanib.
Bundan tashqari, 25 million yevroni argentinalik futbolchi soliqlarni to‘lashda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygani uchun to‘laydi.
Ushbu mablag‘ni to‘laganidan so‘ng Messiga qo‘yilgan barcha ayblovlar olib tashlanadi.
Izoh (0)