Jahon chempionati, F guruhida ikkinchi tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Unda Nigeriya terma jamoasi og‘ir kechgan o‘yinda Bosniya va Gersegovinani mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Uchrashuvdagi yagona golni Piter Odemvingi birinchi bo‘limdayoq kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Odemvingining 29-daqiqada kiritgan goli uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi.
Shundan so‘ng Bosniya va Gersegovinada hisobni tenglashtirish va ikkinchi turdayoq musobaqadan chiqib ketishdan qutulib qolish uchun bir qator imkoniyatlar bo‘ldi. Bosniyaliklar, ayniqsa, so‘nggi daqiqalarda o‘yinda to‘liq ustunlikka ega bo‘ldi, ammo gol ura olmadi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Edin Jeko xavfli zarba berdi, biroq bu zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi.
Shu tariqa Bosniya va Gersegovina uchun guruhdan chiqish imkoniyati qolmadi.
Izoh (0)