“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, O‘zbekiston futbol federatsiyasi bilan hamkorlikda futbol bo‘yicha an’anaviy “‘Kamolot’ kubogi” respublika turnirida Toshkent shahrining Olmazor Politexnika kasb-hunar kolleji jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
“‘Kamolot’ kubogi” respublika turnirida akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridan jami 23 mingdan ortiq o‘quvchi-yosh ishtirok etdi. Musobaqaning 21-maydan 4-iyunga qadar o‘tkazilgan hududlararo mintaqaviy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan beshta jamoa yakuniy bosqichda o‘zaro kuch sinashdi.
“Paxtakor” markaziy stadionida Jizzax tuman maishiy xizmat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji va Toshkent shahar Olmazor Politexnika kasb-hunar kolleji jamoalari o‘rtasida turnirning final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va Olmazor Politexnika kasb-hunar kolleji jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, “‘Kamolot’ kubogi” sovrindori bo‘ldi.
Izoh (0)