Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Xo‘jayli tuman bo‘limi “Xo‘jaylitumangaz” filiali nazoratchisi lavozimida ishlagan Bayrambay Bayimbetov fuqaro K. Pirniyazovdan 300 ming so‘mdan 150 ming so‘mini pora tariqasida olgan vaqtda qo‘lga olindi. Bayimbetov porani Pirniyazov xonadonidagi gaz o‘lchagichning plombasi yo‘qligi va tegishli tartibda hujjatlarni rasmiylashtirmaganligi uchun 857 ming so‘mlik jarima solmaslik evaziga talab qilgan. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jayli tuman sudi Bayrambay Bayimbetovga bir yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Izoh (0)