20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Davlat byudjetining 2014-yil 1-choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot ko‘rib chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
2014-yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 7,5 foizni tashkil etdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari — 8,9 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish — 6,2 foizga, chakana savdo aylanmasi — 14,3 foizga o‘sdi.
Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini amalga oshirish doirasida joriy yilning birinchi choragida 227,9 mingta ish o‘rni, shu jumladan, qishloq joylarida 137 mingtadan ziyod ish o‘rni yaratildi. “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi uchun bir trillion so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2014-yil 1-chorakdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqladi va tegishli qaror qabul qildi.
Izoh (0)