Nukusda “Yurt kelajagi” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda uch yuzga yaqin yosh arxitektura va dizayn, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ratsionalizatorlik takliflari, texnik loyiha va ishlanmalar, an’anaviy va amaliy san’at, adabiyot kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilim va mahoratini namoyish etdi, deya xabar beradi O‘zA.
Tanlov yakunida 40 nafar yoshning eng sara loyiha, taklif va ijodiy ishlari munosib rag‘batlantirilib, mamlakat bosqichiga yo‘llanma berildi.
Izoh (0)