AQShning Kaliforniya shtati, Stokton shahri politsiya mahkamasining Facebook'dagi sahifasiga 18-iyun, chorshanba kuni qo‘yilgan Jeremi Miksning rasmi 42 mingdan ortiq “Like” va ko‘plab izohlarga sabab bo‘ldi. Facebook foydalanuvchilari qo‘lga olingan Jeremini haddan ziyod kelishgan ekanligini ta’kidlagan holda uning chiroyi xazon bo‘layotganligini bildirishgan, deb yozadi The Huffington Post.
30 yoshli Miks Kaliforniyada yuz bergan o‘tishmada ayblanib, qo‘lga tushgan to‘rt nafar jinoyatchilarning biri bo‘lgan, ammo boshqa jinoyatchilarning fotosuratlari bunday shov-shuvga sabab bo‘lmagan: Terri Beylning surati — 782 ta, Juzri Koulman — 57 ta, va Joelina Koulman — 16 ta “Like” yiqqan.
Shuningdek, Facebook foydalanuvchilari Jeremi surati ostiga 13 mingdan ortiq izoh qoldirishgan. Qizig‘i shundaki, Stokton shahar politsiya mahkamasining Facebook sahifasi 2012-yilda ochilgandan buyon hech bir jinoyatchi bunchalik ijobiy izohlarga sabab bo‘lmagan. Ayni paytda “Like”lar soni ko‘payishda davom etmoqda.
Izoh (0)