Xorvatiya terma jamoasi ikkinchi turda Kamerunga qarshi maydonga tushib, yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Braziliyaga qarshi kechgan birinchi o‘yinni diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuborgan Mandjukich ushbu o‘yinda safga qaytdi. Bu esa o‘z natijasini bermay qolmadi. “Bavariya” klubi hujumchisi uchrashuvda dubl qayd etdi. Shuningdek, Olich va Perishichlar ham o‘z hisoblariga bittadan gol yozib qo‘ydi.
O‘yinning 40-daqiqasidan boshlab afrikaliklar bir kishi kam bo‘lib harakat qilganliklarini ham alohida ta’kidlash kerak. Aleksandr Song bu vaziyatda maydondan chetlatildi.
Ushbu g‘alabadan keyin xorvatlarda guruhdan chiqish imkoniyati tug‘ildi. So‘nggi turdagi Meksika va Xorvatiya uchrashuvi endi haqiqiy jangga aylanadigan bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)