Turkiya sobiq prezidenti Kenan Evren va sobiq Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Tahsin Sahinkaya 1980-yildagi davlat to‘ntarilishida aybdor deb topildi va umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda Aljazeera xabar beradi.

Foto: aljazeera.com

Foto: aljazeera.com

Ushbu jazo 18-iyun, chorshanba kuni Anqara sudi tomonidan e’lon qilindi.

96 yoshlik Evren va 89 yoshlik Sahinkaya davlat to‘ntarilishini boshlanishiga yo‘l ochib berish va unga rahnamolik qilishda ayblandi.

Davlat to‘ntarilishi sababli o‘rnatilgan harbiy rejim paytida minglab odamlarga zulm o‘tkazilgan, yuzlab odamlar o‘lim jazosiga hukm qilingan va ko‘plab odamlar bedarak yo‘qolgan.

Ma’lumot uchun, qamoq jazosiga hukm qilingan Kenan Evren 1982-yil prezident etib saylanib, mamlakatni yetti yil boshqargan.