O‘zbekiston mobil internetning joriy etilganligi darajasi bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida so‘nggi o‘rinlardan birini egalladi. Anhor.uz’ning yozishicha, O‘zbekiston 33 foizlik ko‘rsatkich bilan faqat Tojikistondan (31 foiz)dan o‘zib keta olgan, xolos.
J’son & Partners Consulting tahlil kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, MDH mamlakatlari orasida mobil internet eng yaxshi joriy etilgan mamlakat Armaniston bo‘lib chiqqan —mamlakatning 68 foizi mobil internet bilan qamrab olingan. Undan keyingi o‘rinda esa 67 foizlik ko‘rsatkich bilan Qozog‘iston bormoqda. Rossiya esa (63 foiz) uchinchi o‘rinda.
“Kun” xabar berishicha, reytingda mos ravishda 35, 33 va 31 foizlik ko‘rsatkichga erishgan Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston autsayderga aylangan. Tadqiqotchilarning fikricha, ushbu mamlakatlarda mobil internet xizmatining keng tarqalmaganligi — mobil trafik tariflari o‘rtacha ish haqiga nisbatan yuqori ekanligi va smartfonlarning aholi orasida keng tarqalmagani (atigi 13—14 foiz) bilan bog‘liq.
2013-yil oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Armanistonda 2 million nafar mobil internet foydalanuvchilari mavjud edi. Qozog‘iston Statistika agentligining ma’lum qilishicha, 11,5 milliondan ortiq mobil aloqa abonentida yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoniyati mavjud.
Izoh (0)