Samsung Engineering kompaniyasi tomonidan Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanidagi 31-umumta’lim maktabi kutubxonasiga o‘zbek, qoraqalpoq, koreys va ingliz tillaridagi adabiyotlar sovg‘a qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda Uz-Kor Gaz Chemical O‘zbekiston—Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi rahbari o‘rinbosari Faxriddin Abdurasulov, Samsung Engineering kompaniyasi qurilish uchastkasi boshlig‘i Kim Ik Vun ishtirok etdi.
Tadbir doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Tabiat va mening asarim” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, muqobil energiya manbalari to‘g‘risida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar batafsil javob qaytardi.
Tadbirda o‘quvchilar tomonidan o‘zbek, qoraqalpoq va koreys xalq milliy kuy-qo‘shiqlari yangradi, raqslar ijro etildi.
Izoh (0)