Germaniyaning Berlin shahridagi sport arenasiga jahon chempionati muxlislari uchun 780 ta divan o‘rnatildi. Bularning bari mahalliy agentlik tomonidan tashkil qilindi. Alte Foersterei sport arenasi Union Berlin klubining stadioni hisoblanadi, deb yozadi The Irish Times nashri.
Germaniyadagi sport muxlislari ushbu futbol mavsumida o‘zlari uchun noan’anaviy hordiq chiqarish yo‘lini kashf etdi.
JCh—2014 davomida ushbu stadion gigant “mehmonxona”ga aylantirildi va unda barcha kerakli qulayliklar yaratildi. Shuningdek, stadionda barcha o‘yinni jonli ko‘rsatadigan katta ekran o‘rnatildi.
Braziliya—Xorvatiya o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga 12 mingdan o‘rtiq muxlis yig‘ildi.
Izoh (0)