Birlashgan millatlar tashkiloti bosh kotibi Pan Gi Mun jahon chempionatining 1-turidan o‘rin olgan Rossiya va Janubiy Koreya o‘yinini ko‘rmasligini bildirdi. Bu haqda Uff.uz “Futbol na Kulichkax” saytiga asoslanib xabar berdi.
— Jahon chempionatida qatnashayotgan har bir jamoani qo‘llab-quvvatlayman. Ammo shuni ham unutmangki, Koreyaning bugundan Rossiyaga qarshi boshlanadigan har bir o‘yinida mening yuragim duk-duk urib turadi. Uchrashuvni ko‘rmaslikka qaror qildim. Yaxshisi, ertalab yordamchilarimdan o‘yin natijasini bilib qo‘ya qolaman, — deydi Pan Gi Mun.
Izoh (0)