Xitoy Taypeyida yengil atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqaning so‘nggi kunida hamyurtlarimiz yana ikkita bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
200 metrga yugurish finalida Nigina Sharipova marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi. Liliya Manasipova shaxsiy rekordini yangilagan holda marra chizig‘ini beshinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Ushbu turda oltin medal hindistonlik Dyuti Chandga nasib etdi.
Uzoqqa sakrash sektorida Timur Xusunullin shaxsiy rekordini 9 santimetrga yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi va bronza medali bilan taqdirlandi. Chempionlik unvonini xitoylik Yao Kin Fan qo‘lga kiritdi.
Chempionatda o‘zbekistonlik olti sportchi omadini sinab ko‘rdi va uch nafari shohsupaga ko‘tarilishga erishdi. Hamyurtlarimiz hisobida bitta kumush va ikkita bronza medali bor.
Izoh (0)