Ukraina prezidenti Poroshenko mudofaa va xavfsizlik vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda asosiy e’tibor urib tushirilgan harbiy transport samolyoti masalasiga qaratildi. Ushbu fojiada samolyotdagi barcha 49 kishi halok bo‘lgan. Yakshanba motam kuni deb e’lon qilindi, deya xabar berdi Euronews.
Rasmiy Kiyev “Kreml tomonidan homiylik qilinayotgan isyonchilar”ni Ukrainada notinchlik boshlangandan beri eng katta yo‘qotishda aybladi.
Il-76 Lugansk aeroportiga qo‘nish vaqtida urib tushirilgan. Ayni paytda Ukraina shaharlarida urush davom etmoqda.
Izoh (0)