Kp.by internet nashri jahon chempionati o‘yinlarini boshqarib borayotgan hakamlar haqida maqola tayyorlarkan, o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov to‘rt yil muqaddam JARda kechgan jahon chempionatida qancha daromad qilganini hisoblab chiqdi, deya xabar beradi Uff.uz.
“Hakamlik yaxshi daromad keltiradigan soha. Masalan, Angliyaning yetakchi hakamlari yiliga 80 ming yevro daromad qiladilar. Shuningdek, xalqaro va Yevropa miqyosidagi uchrashuvlardan olinadigan mablag‘ ham bor. Ular orasida jahon chempionati shubhasiz juda manfaatli musobaqadir.
O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatovning aytishicha, 2010-yilgi jahon chempionatida hakamlarga shunchaki mundialdagi ishtirok uchun 30 ming dollardan berilgan ekan. Shu bilan birga, har bir boshqarib borilgan uchrashuv uchun berilgan 45 ming dollar ham bor.
Darvoqe, Ermatov — sobiq ittifoq hududidan chiqqan va Braziliyadagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan yagona hakam. Bundan to‘rt yil muqaddam ham shunday edi. Demak Ermatovning olgan gonorarlarini hisoblab chiqadigan bo‘lsak, beshta uchrashuvni boshqargan hakam umumiy hisobda 255 ming dollar ishlagan bo‘ladi. Shu o‘rinda taqqoslash joiz, buncha mablag‘ni futbolchilar faqat jahon chempioni bo‘lgach olishlari mumkin. Shunday ekan, ularni futbol yulduzi demay bo‘ladimi?” - deyiladi kp.by keltirgan ma’lumotda.
Izoh (0)