Ukraina prezidenti Vladimir Putinni Ukraina janubi-sharqidagi holatni muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘z rejasidan ogoh etdi, deb xabar beradi Reuters.
Poroshenkoning matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina tomoni tanklar Rossiyadan kelganini ta’kidlamoqda: “Bugun Ukrainaning sharqiy qismida jangarilar birinchi marta tanklarni ishga soldi. Ukraina razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, tanklar Rossiya Federatsiyasi tomondan kirib kelgan”.
Rossiya-Ukraina chegarasida nazoratni kuchaytirish Poroshenkoning sharqda tinchlikni muvofiqlashtirish rejasining bir qismi bo‘lib, bu haqda u AQSh va YeI bilan oldindan kelishilgach, 7 iyun kuni o‘zining inauguratsiyasi vaqtida aytib o‘tgan edi.
Izoh (0)