Samarqanddagi “Yoshlik” istirohat bog‘ida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi bilan hamkorlikda “Giyohvandlikning oqibatlari” mavzusida tadbir tashkil etildi, deb xabar beradi O‘zA.
Tadbirda shahardagi ta’lim muassasalari o‘quvchi va talaba-yoshlari o‘z tengdoshlari bilan bahs-munozaralarga kirishdi. Mavzuga oid rasmlar va insholar tanlovi o‘tkazildi.
26-iyun kuni Samarqand shahri va barcha tumanlarda “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” shiori ostida yoshlar aksiyasi o‘tkazish rejalashtirilgan.
Izoh (0)